Aholiga 15 trln so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi
2024 yilda jami 14 962,7 mlrd so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali 2,6 mln benefitsiarlar (2 mlnga yaqin oilalar hamda 600 mingdan ortiq shaxslar) ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Jumladan:
- 1 269,8 ming kam ta’minlangan oilalarga - 7 379,4 mlrd so‘mlik bolalar nafaqasi va moddiy yordam;
- Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari ayrim hududlarida yashovchi 37,3 ming oilaga – 17,9 mlrd so‘mlik bir martalik moddiy yordam;
- 155,1 ming oilaga – yaqin qarindoshlari vafot etishi sababli 241,6 mlrd so‘m dafn marosimlari uchun yordam;
- 437,5 ming oilaga farzand tug‘ilishi munosabati bilan – 311,8 mlrd so‘mlik moddiy yordam;
- 6 686,6 mlrd so‘mlik ijtiomiy nafaqalar orqali ish stajiga ega bo‘lmagan va mehnatga layoqatsiz – 696,8 ming shaxslar qamrab olindi:
- 307,7 ming shaxs nogironlik nafaqasi;
- 167,1 ming 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlik nafaqasi;
- 84,6 ming keksaga yoshga doir nafaqa;
- 74,5 ming parvarishlash bilan band bo‘lganlarga parvarish nafaqasi;
- 55,9 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.
Shuningdek, 2024 yil may oyidan boshlab 7,3 ming o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolar uchun - 34,2 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar to‘lab berildi.
Energotariflar islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida 1,1 mln oilaga 291,3 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar va bazaviy miqdordan oshgan qismi uchun 0,5 mlrd so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab berildi.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lab berish bo‘yicha arizani elektron shaklda yuborish imkoni yaratilishi orqali 77 mingga yaqin oilalarga birinchi marta nafaqalar tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter