Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholiga yordam taqdim etish tartibi avtomatlashtiriladi

Aholiga yordam taqdim etish tartibi avtomatlashtiriladi

Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasi bilan, 2020-yilning 1-iyulidan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni ko‘rib chiqish va belgilash tartib-taomillari bosqichma-bosqich «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot xizmati  vositasida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot xizmatida jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami bo‘lib, uni tizimga kiritishda davlat ijtimoiy xizmati yoki yordamini olishga so‘rov avtomat tarzda shakllantiriladi.

Shuningdek, «FHDYo elektron arxivi» axborot tizimida ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilganidan so‘ng «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni belgilash elektron tarzda onlayn rejimida qabul qilinishi belgilangan.

Qayd etilishicha, 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda «labor-migration» dasturiy majmuasi «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring