Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Amakimning ortida uch nafar farzandi qoldi». Davlatnazar Ro‘zmetovning jiyani murojaat qildi

«Amakimning ortida uch nafar farzandi qoldi». Davlatnazar Ro‘zmetovning jiyani murojaat qildi

Furqat Ro‘zmetov.

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani yuzasidan matbuot anjumani tashkil etilgani va unda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Po‘latov hodisa tafsilotlarni ochiqlagani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtohalokatda vafot etgani haqida dastlab uning jiyani Furqat Ro‘zmetov xabar bergandi.

Bugun AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Furqat Ro‘zmetov ham qatnashdi va hodisa yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Amakimning jurnalistik faoliyatini doim kuzatib borardim. Baxtsiz hodisa haqida eshitib, avvaliga ishongim kelmadi. So‘ng voqea joyiga yetib bordik. Amakimni tez tibbiy yordam mashinasi olib ketgan ekan. Keyin vafot etganidan xabar topdik. Ertasiga feysbukdagi sahifamda amakimning dunyodan bevaqt ko‘z yumgani haqida xabar yozib qoldirdim. Men tanishlarini xabardor qilish maqsadida buni yozgandim, lekin ayrimlar holatni boshqa tomonga burib yozishdi.

Shu o‘rinda murojaat qilmoqchiman. Davlatnazar amakimning ortidan uch nafar farzandi qoldi. Kelinoyim ishlamasdi. Amakim asosan xalq dardi bilan yashardi, ularning muammolarini ko‘tarib chiqib, yechimini topishga kuchini sarflardi. Bu insonning sharoiti, ro‘zg‘ori bilan tanishingizlar. Hech bir davlat orttirmadi o‘z faoliyati ortidan. Juda oddiy, hokisor hayot kechirardi», dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring