Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi avtomaktab o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

Endi avtomaktab o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

Haydovchilar tayyorlovchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o‘qitiladi.

O‘quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

Ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o‘rtasida shartnoma tuziladi.

Haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming so‘m).

O‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m) etib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring