Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolakayning operatsiyasi uchun yig‘ilgan pullar o‘g‘irlandi

Bolakayning operatsiyasi uchun yig‘ilgan pullar o‘g‘irlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro N.J. huquqni himoya qilish organlariga ariza bilan murojaat qildi.

U telegram messenjerida nabirasining operatsiyasiga yordam so‘rab «Muhtoj insonlarga yordam» guruhida bank kartasi va telefon raqamlarini joylashtiradi.

Shundan so‘ng noma’lum shaxs fuqaro N.J.ga qo‘ng‘iroq qilib, katta miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazib berishni va’da qiladi. Uning ishonchiga kirgach, telefon raqamiga kelgan SMS-xabarnomani qo‘lga kiritib, jami 6.300.000 so‘m pullarini o‘zlashtirib oladi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs muqaddam JK 168-moddasi bilan bir necha marotaba sudlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yashovchi 2004  y.t. A.J. ekanligi aniqlangan.

A.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring