Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boysunda kuchli shamol hokimlik binosining tomini qulatdi

Boysunda kuchli shamol hokimlik binosining tomini qulatdi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanali

Bugun, 19-oktyabr kuni Boysun tumanida boshlangan kuchli shamol 23 ta mahalladagi elektr simlarida qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirib, iste’molchilarni elektr energiyasidan uzib qo‘ydi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Aloqa simlarida ham uzilishlar sodir bo‘lgan. Ikkita transformatorda nosozlik ro‘y bergan.

Kuchli shamol kechga yaqin tuman hokimligi binosining tom qismini qulatgan. Mutaxassislar hodisa sodir bo‘lishi oldidan shamol tezligi yanada kuchayganini aytishmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy telegram-kanali

Tuman hokimligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kutilmaganda yuz bergan tabiiy ofatdan tevarak-atrofdagi transport vositalari va yo‘lovchilar jabrlanmagan.

Ayni paytda hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yuzaga kelgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi hamda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, zarur choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring