Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Tarovih namozini o‘qish boshlanadi

Bugundan O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Tarovih namozini o‘qish boshlanadi

Bugun, 22 mart kuni O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Tarovih namozini o‘qish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.

Tarovih namozi vaqti Toshkent shahri masjidlarida soat 20:45 dan boshlanadi.

Hududlarda namoz vaqtlaridagi farqlanishdan kelib chiqib, masjidlarda Tarovih namozini ushbu vaqtga nisbatan belgilash tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorini imzolan edi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring