Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat raqobat qo‘mitasi tugatildi. Uning o‘rnida yangi organlar tashkil etildi

Davlat raqobat qo‘mitasi tugatildi. Uning o‘rnida yangi organlar tashkil etildi

Фото: «Xabar.uz»

Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
  • Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;
  • Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:

  • bo‘sh turgan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi – Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;
  • bo‘sh turgan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi – Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

  • davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;
  • tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining;
  • qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring