Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Demokratlar AQSh Senatini nazorat qilishga yaqinroq

Demokratlar AQSh Senatini nazorat qilishga yaqinroq

Demokrat Mark Kelli Arizona shtatidan senator etib qayta saylanganidan so‘ng, Demokratik partiya AQSh Kongressining yuqori palatasini nazorat qilish uchun bitta o‘rin olishi kerak. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Kelli Respublikachilar partiyasidagi raqibi Bleyk Mastersdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Hozircha respublikachilar ham, demokratlar ham Senatda 49 ta o‘ringa ega. Boshqa shtat, Nevada yoki Jorjiyadagi g‘alaba prezident Jo Baydenning partiya a’zolariga yuqori palata ustidan nazoratni ta’minlaydi. Chunki ovozlar teng bo‘lganda (50-50) vitse-prezidentning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Joriy yilning 8-noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kongressning ikkala palatasiga oraliq saylovlar uchun asosiy ovoz berish kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Vakillar palatasining 435 a’zosidan va 100 senatordan 35 nafarini sayladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring