Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

 «Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol» ichgan yana o‘nga yaqin bola 16-shifoxonaga yotqizildi

 «Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol» ichgan yana o‘nga yaqin bola 16-shifoxonaga yotqizildi

Foto: «Gazeta.uz»

Hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limida yana 10 nafarga yaqin bola shamollash asoratlari bilan yotibdi. Ular faqat «Dok-1 Maks» emas, balki «Sinepar Kid», «Ambronol» kabi dorilarni ham qabul qilgan. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (16-shahar shifoxonasi) bolalar reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Alisher Mustaqimov hozir 14 bemor reanimatsiya bo‘limida davolanyotgani, ularning 10 nafari shamollash asoratlari bilan yotganini ma’lum qildi.

«Hozirgi paytda buyrakka asorat berayotgan respirator infeksiyalar soni bir muncha oshgan. Buyrak yetishmovchiligi bilan yotgan kasallar o‘zi har doim bo‘lgan. Hozir ham bor. Ayni vaqtda oshib ketdi, ko‘paydi deyolmayman. 10 nafar bemorning bir necha nafarining onasi shamollashga qarshi bo‘lgan dorilarni ichishganini aytdi. Lekin, bu hozircha o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Hozir bitta doriga taqalib qolishdan yiroqdamiz. Chunki, bunday dorilarni ichmasdan buyrak kasalligi bilan og‘riganlar ham bor. Bir necha xil dorilarni birga qabul qilgan bemorlar ham bor. Ularning bittasini qo‘llagan bemorlar ham bor», — deya ta’kidlagan shifokor.

Reanimatsiya bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, 28 dekabr kuni 2 yoshli Jizzax viloyatidan kelgan bemor vafot etdi.

«3−4 kun ichida faqat bir bemor vafot etdi, bundan boshqa hozircha vafot etganlar bo‘lmadi. Unda shamollashning o‘tkir respirator infeksiyasi hisobiga buyrak yetishmovchiligi holati yuzaga kelgan. U ham shu «paratsetamol»ning qaysidir bir turini qabul qilgan», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring