Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DTM qo‘shimcha test sinovlari vaqtini e’lon qildi

DTM qo‘shimcha test sinovlari vaqtini e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-il 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilidigan hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lgan abituriyentlarni kiritmasdan, ular uchun test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin to‘rtinchi kuni test sinovilarini o‘tkazish belgilangan.

Davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentyabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lgan hamda test sinovi o‘tkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020 yil 17 sentyabr kuni tashkil etish belgilangan.

Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bog‘ida 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring