Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi (ro‘yxat)

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi (ro‘yxat)

Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan 2021-yildan beri respublikaning barcha tuman, shahar va viloyatlari kesimida sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan DXX Raisi kubogi musobaqalarining Respublika bosqichiga start berildi.

Kecha, 21-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari (umumiy 28 ta jamoa) DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun poytaxtga yetib keldi.

Mazkur musobaqalar Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilda hududlarda futbol va mini-futbol ushbu musobaqalar uch bosqichda o‘tkazib kelinmoqda, ya’ni:

birinchi bosqich – yoshlar o‘rtasida tuman/shahar musobaqalari (aprel-may oylarida o‘tkazildi);

ikkinchi bosqich – tuman/shahar g‘oliblari o‘rtasida DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshlig‘i kubogi musobaqalari (iyun-iyul oylarida o‘tkazildi);

Ikkita bosqich bo‘yicha umumiy ishtirokchilar soni 205 ta tuman-shaharlardagi 18 629 ta jamoani (mini-futbol – 9.348 ta va futbol 9 281 ta) tashkil etdi va unda jami 241 976 nafar yoshlar qamrab olindi.

1 va 2-bosqichlarni o‘tkazish davomida Sirdaryo viloyatida 37 ta futbol maydonchalari, Samarqand viloyatida 3 ta sport majmuasi, Jizzax viloyatida 10 dan ortiq sport ob’yektlar va respublika bo‘ylab 83 ta maktabning sport maydonchalari va 71 ta sun’iy qoplamali futbol o‘yingohlari to‘liq ta’mirlangan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida 5 ta, Surxondaryoda 4 ta, Toshkent shahrida 2 ta mini-futbol o‘yingohi yangidan qurilib ishga tushirildi.

uchinchi (final) bosqich – viloyat g‘oliblari o‘rtasida DXX kubogi uchun  respublika bosqichi musobaqalari.

Respublika bosqichi o‘yinlari 22-27-avgust kunlari – futbol bo‘yicha guruh, mini-futbol bo‘yicha guruh va final uchrashuvlari «Bunyodkor» futbol akademiyasiga qarashli sun’iy qoplamali maydonlarida, futbolning final uchrashuvini poytaxtimizdagi «JAR» stadionida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni (1, 2, 3 va 4-o‘rinlar) bir haftaga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Shafran» tog‘-kurort kompleksida dam olishi tashkil etiladi.

Futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘oliblar mahallasiga mini-futbol maydonlari, 2-o‘ringa universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3 va 4-o‘rinlarni egallagan jamoalar mahallasiga esa «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydonlari barpo etiladi.

DXX kubogi musobaqalariga asosan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan, uyushmagan va kam ta’minlangan (shu jumladan, olis va chekka hududlarda joylashgan) 16-30 yoshdagi yoshlar jalb qilinib, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, futbol va mini-futbol sport turlarini rivojlantirish hamda joylarda yangi iqtidorlarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Solijon ZOIROV

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring