Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lixtenshteynda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi

Lixtenshteynda O‘zbekiston madaniyati namoyish qilindi

Lixtenshteyn Knyazligida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Lixtenshteyn davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi va asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, hozirda Germaniya fuqarosi, bastakor Tatyana Vorm-Savosskaya hamkorligida madaniy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda «Yuzuk e.V.» nodavlat notijorat tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforovaning «O‘zbekiston tasviriy san’ati» mavzuidagi g‘ayrioddiy taqdimoti yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yurtimizning qadimiy tarixi, Buyuk Ipak yo‘li, etnografik madaniyatga oid kutilgan va odatiy ma’lumotlar taqdimotning kichik bir qismi bo‘ldi, xolos. Asosiy urg‘u Toshkent, Nukus, Urganchdagi muzeylarda saqlanib kelayotgan, Yevropa klassik rassomlarining mashhur asarlariga qaratildi.

O‘zbekistonda Belloli, Benua, Kandinskiy, Kuinji, Malevich, Shishkin, Repin, Serov kabi butun dunyoga mashhur rassomlarining Markaziy Osiyodagi eng boy kolleksiyasi mavjud. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring