Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkak beshinchi qavatdan qulagan qizchani qutqarib qoldi (foto)

Erkak beshinchi qavatdan qulagan qizchani qutqarib qoldi (foto)

Xitoylik erkak beshinchi qavatdagi derazadan tushib ketayotgan qizchani ushlab qolib, ijtimoiy tarmoq qahramoniga aylandi.

Bu haqda Asia One nashri xabar berdi. 

31 yoshli Shen Dong kuchli shovqin ovozini eshitib, mashinasini to‘xtatgan. Ma’lum bo‘lishicha, shovqinga beshinchi qavatdan derazadan tushib ketgan ikki yoshli qiz sababchi bo‘lgan. Qizcha dastlab, ko‘pqavatli uyning birinchi qavatida joylashgan kafening ayvoniga tushgan. 

U so‘ngra betonga qulash xavfi ostida sirpanishni boshlagan, ammo o‘sha paytda Shen yetib kelib, jabrlanuvchini tutib qolgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida qiz qo‘l va oyoqlaridan jarohat olgan, biroq uning ahvoli barqaror.

«O‘sha paytda nimani o‘ylaganimni eslay olmayman. Men shunchaki beixtiyor bolaga yugurdim», — deydi Dong.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgach, odamlar uni haqiqiy qahramon deb atashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring