Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayollar ovozini o‘xshatib odamlarni aldagan erkak sud zalida o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Ayollar ovozini o‘xshatib odamlarni aldagan erkak sud zalida o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Toshkentda 39 yoshli erkak ovozini ayollarnikiga o‘xshatib, o‘zini Moliya vazirligi, Oliy Majlis Senati mas’ul xodimi deb tanishtirgan va firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangi Hayot tumanining ochiq sud majlisida  1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan sudlanuvchiga oid ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Milliy» telekanalida xabar beridi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi jinoiy rejasini amalga oshirish uchun bir nechta fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, ovozini ayollarnikiga o‘xshatib, o‘zini vakolatli tashkilotlarda ishlovchi, xususan, Moliya vazirligidan Zamira Ubaydullayevna, Oliy Majlis Senatidan Sayyora G‘oziyevna ismli mas’ul xodim deb tanishtiradi. Surishtiruvlar davomida bu ismli shaxslar aslida yo‘qligi, bu sudlanuvchining o‘ylab topgan yolg‘onlari ekanligi aniqlangan.

«Odamlarni ishonchiga kirib, ishga kiritib qo‘yish uchun pul olganmiz. O‘zimga olganim 2500 dollar bo‘lgan. O‘lib ketishga ham tayyor bo‘lib turibman», - deya izoh bergan sudlanuvchi.

Sud prokurorga so‘z bergan paytda, sudlanuvchi shovqin ko‘tarib, og‘ziga berkitgan narsa bilan o‘ziga tan jarohati yetkazgan. So‘ngra unga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, u sud zalidan olib chiqib ketilgan. Sud boshqa kunga qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring