Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkin kurashchi Hasanboy Rahimov qonidan doping topilgani uchun Olimpiadadan chetlatildi

Erkin kurashchi Hasanboy Rahimov qonidan doping topilgani uchun Olimpiadadan chetlatildi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Hasanboy Rahimov (-125 kg) antidoping qoidalarini buzganligi sababli 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziyadan mahrum qilindi. Bu haqda Butunjahon kurash birlashmasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro sinov agentligi ( International Testing Agency) sportchining qonida taqiqlangan moddalar mavjudligini aniqlagan va sportchi xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.

O‘zbekistonlik Hasanboy Rahimovdan tashqari suriyalik Badha Xutaba (-125 kg) va fransiyalik Zelimxon Hojiyev (-74 kg) ham qonidan doping topilgani sababli diskvalifikatsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning sentyabr oyida Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida erkin kurash bo‘yicha dastlabki litsenziyalar o‘ynalgan va unda Hasanboy Rahimov ham bronza medalini qo‘lga kiritib, litsenziyaga ega chiqqandi.

Ammo diskvalifikatsiya O‘zbekiston terma jamoasiga taalluqli bo‘lmaydi. Boshqa bir kurashchiga mart oyida bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga saralash musobaqalarida qatnashish huquqi beriladi. Sportchi litsenziyani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.

Manba: xs.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring