Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning ShHTga a’zoligi bo‘yicha kelishuv imzolandi

Eronning ShHTga a’zoligi bo‘yicha kelishuv imzolandi

Eron Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

ShHT Bosh kotibi Chjan Ming bugun Eron uchun ham, tashkilot uchun ham muhim kun deya ta’kidladi.

Eronning ishtirokchi davlatlar guruhiga kirishi Shanxay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi. Memorandumda ko‘zda tutilgan barcha majburiyatlar bajarilgach, Eron Islom Respublikasi ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2005-yilda Eron ShHTda kuzatuvchi davlatga aylandi. Mamlakatning tashkilotga to‘laqonli a’zoligiga kirish jarayoni 2021-yilda boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring