Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi

Foto: Reuters

Joriy yil 17-19 may kunlari Yevropa komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda 11 may kuni O‘zbekiston TIV Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va YeI delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian uchrashuvida so‘z borgan.

Qayd etilishicha, diplomatlar o‘zaro hamkorlikning muhim masalalari qatorida Yevrokomissiya ijrochi vitse-prezidentining yurtimizga tashrifi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) yillik yig‘ilishida ishtiroki yuzasidan fikr almashgan.

Avval xabar berganimizdek, 2022 yilda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Yevropa komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis Bryussel shahrida mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan edi.

YeI yuqori martabali mulozimi V.Dombrovskis 2021 yilda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham uchrashgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring