Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ayol 3 kishini pichoqlab qo‘ydi

Farg‘onada ayol 3 kishini pichoqlab qo‘ydi

26-noyabr, yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 3 nafar qiz bir ayol tarafaidan pichoqlangani aytilgan ma’lumot tarqaldi.

Farg‘ona viloyati IIBning aniqlik kiritishicha, voqea Oltiariq tumani Bozorboshi MFY, «Yashilxiyobon» nomli istirohat bog‘ida sodir bo‘lib, Farg‘ona shahrida yashovchi M.M. (ayol) tanishlari D.B., O.R.  hamda U. R.lar bilan janjallashib, ularga oshxona pichog‘i bilan jarohat yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, ularning o‘zaro tortishuvi masalani yechib olish uchun chekka hududni – bog‘ni tanlab u yerda jinoyat sodir qilishiga sabab bo‘lgan. Qizlarning ikki nafari qorin sohasidan, bir nafari esa o‘ng son sohasidan pichoqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. ga nisbatan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring