Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi

Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi

Foto: O‘zA.

26-yanvardan boshlab «Farg‘ona – Quvasoy – Qizil-qiya» xalqaro yo‘nalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi.

Transport vazirligiga ko‘ra, 2020-yilgacha mavjud bo‘lgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida to‘xtab qolgan edi. Umumiy masofa 39,5 kmni tashkil etib, yo‘lkira narxi 12 ming so‘m etib belgilandi.

Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Farg‘onadan tongi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan. Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qatnovlarni ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring