Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA jahon chempionati formatini o‘zgartirishi mumkin

FIFA jahon chempionati formatini o‘zgartirishi mumkin

Janni Infantino.

Foto: FIFA

FIFA prezidenti Janni Infantino aytishicha, jahon chempionatlarini o‘tkazish formati o‘zgarishi mumkin.

2026-yilgi jahon chempionatida 48 jamoa qatnashadi. Bilamizki, hozirgacha ularning soni 32 ta edi. Avvaliga 2026-yilgi mundialda 48 jamoani har birida uchtadan jamoa qatnashuvchi 16 guruhga taqsimlash,har guruhdan ikkitadan kuchli jamoa keyingi bosqichga chiqishi rejalashtirilgan edi.

Biroq Infantinoning aytishicha, Qatar mundiali, aynan guruh bosqichidagi shiddatli kurashlar FIFA rahbariyatini turnir formatini o‘zgartirishga undamoqda. Jumladan, har birida 4 tadan jamoa bo‘lgan 12 ta guruhni tuzish masalasi o‘rganilyapti.

2026-yilgi JCh uch mamlakat — Meksika, AQSh va Kanadada bo‘lib o‘tadi. 2030-yilgi mundial mezboni esa 2024-yilda aniqlanadi.

Yana bir xabar: FIFA prezidentligi uchun saylov tashkilotning 2023-yil 16-martdagi Kigali (Ruanda)dagi kongressida bo‘lib o‘tadi. Infantino yagona nomzod, nomzodlardan ariza qabul qilish bugun, 16-dekabr kuni nihoyasiga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring