Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz eksportidagi O‘zbekiston va Xitoy statistikasi nega farq qilayotgani aytildi

Gaz eksportidagi O‘zbekiston va Xitoy statistikasi nega farq qilayotgani aytildi

Gaz eksporti bo‘yicha O‘zbekiston va Xitoy statistikasi nega farq qilishini Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tushuntirdi. Uning aytishicha, bu O‘zbekistonning Xitoy tomoni uchun gaz importida transportyor davlat ekani bilan bog‘liq.

«Bu yerda tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi chiqqan bo‘lsa, Xitoy tarafi esa, umuman O‘zbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.

Va bu yerda O‘zbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, O‘zbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. U yerda bizning hududda «Aziatransgaz» qo‘shma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.

Ya’ni O‘zbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun to‘langan pul. Mana shu ikkita summani qo‘shganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi», — dedi vazir o‘z tushuntirishida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring