Grenlandiya muzliklarida gigant viruslar topildi
Orxus universiteti (Daniya) olimlari Grenlandiya muz qatlami yuzasida gigant viruslarni topishdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu organizmlar global isishga ham chiday oladi.
Ilgari mikroorganizmlar muzda yashashi ma’lum bo‘lgan edi. Qishda ular uxlab qolishadi, lekin bahor kelishi bilan tarqalishni boshlaydilar va quyuq rangda katta maydonlarni bo‘yashadi. Qoraygan muz quyosh nurlarini qaytara olmaydi, bu esa tez erishga va global isishning kuchayishiga olib keladi.
«Biz ularning (viruslarning) qanchalik o‘ziga xosligini va qanchalik samarali ekanligini hali bilmaymiz. Ammo ularni yanada chuqurroq o‘rganish orqali biz ushbu savollarning ba’zilariga javob berishga umid qilamiz», — ta’kidladi ilmiy ish mualliflari.
Odatda, viruslar bakteriyalarga qaraganda ancha kichikdir. Ularning o‘lchamlari 20 dan 200 nanometrgacha. Gigant viruslar 2,5 mikrometrgacha o‘sadi.
Gigant viruslar birinchi marta okeanda 1981-yilda topilgan. Ammo yaqin vaqtgacha ular muz va qor yuzasida hech qachon topilmagan edi. Olimlar DNK tahlili tufayli ularni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi, chunki bu organizmlarni hatto kuchli mikroskop bilan ham ko‘rish mumkin emas. Daniyalik tadqiqotchilar gigant viruslarning ekotizimdagi rolini yaxshiroq tushunish uchun tahlil qilishni davom ettirish niyatida, deb xabar beradi Microbiome.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter