Haydovchi tuzilgan bayonnomaga noroziligini yozib qo‘yishi mumkinmi?
«Ichki ishlar organi xodimi tomonidan yul harakati qoidabuzarligi to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganda haydovchida tuzilgan bayonnomadan norozilik tug‘ilsa, bayonnomaning qayerida nima deb yozishi va qo‘l qo‘yishi kerak, shu xaqda tushuncha bersangiz.
Z. L. Buxoro viloyati.
Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-iyulda 2240-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi (DYHXX) huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma rasmiylashtirishi belgilangan (bundan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish mustasno).
Ma’muriy bayonnoma uni tuzgan DYHXX xodimi va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi, guvohlar, xolislar va jabrlanuvchilar bo‘lgan taqdirda ma’muriy bayonnoma ular tomonidan ham imzolanadi.
Huquqbuzar ma’muriy bayonnomaning mazmuni yuzasidan ma’muriy bayonnomada belgilangan joyga o‘z fikr-mulohazalarini yozib qo‘yishga, shuningdek mazkur ma’muriy bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir» - deyiladi savolga javoban Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter