Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat idoralariga ishga qabul qilishda chet tilini bilish majburiy qilib qo‘yiladi

Davlat idoralariga ishga qabul qilishda chet tilini bilish majburiy qilib qo‘yiladi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani xabar berilgandi. 

Davlat rahbari kelgusi yildan boshlab davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘lishini ma’lum qildi.

Chet tilini yaxshi bilgan xodimlarning ish haqiga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama qo‘shib beriladi. 

Qishloq joylarda chet tillari nodavlat o‘quv markazlariga 50 million so‘mgacha beg‘araz ko‘mak ajratiladi.

Shuningdek, ijarada turgan o‘quv markazlari ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizgacha qismiga subsidiya ajratiladi hamda davlat mulki ob’yektlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlar ijara to‘lovidan ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring