Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobdagi mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri ishdan bo‘shatildi

Kitobdagi mehribonlik uyi direktori va ombor mudiri ishdan bo‘shatildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Kitob tumanidagi 5- Mehribonlik uyining ahvoli bo‘yicha ma’lumotlari e’lon qilingandi. 

Unda Kitob tumanida joylashgan 5-Mehribonlik uyida tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishda muassasa tarbiyalanuvchilari uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi, muassasa jixozlari eskirib qolganligi, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish normalariga amalga qilinmayotganligi hamda oziq-ovqat omborxonasi sanitariya talablariga javob bermasligi aniqlanganligi bildirilgan.

Kitob tumani prokuraturasi tomonidan muassasada o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan muassasa direktori hamda ombor mudiri egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari intizomiy javobgarlikka tortildi, xo‘jalik mudiri va parhez hamshirasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik tug‘risidagi kodeksining 53-moddasi (Sanitariya qonun hujjatlarini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring