Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus kuchaymoqda: yevropaliklar «bahorgi karantin»ga kirishni istashmayapti

Koronavirus kuchaymoqda: yevropaliklar «bahorgi karantin»ga kirishni istashmayapti

Foto: «Argumenti.ru»

«Uxan balosi» tobora 1918-yilgi «ispanka»ni yodga solyapti. Agarda zamonaviy tibbiyot bo‘lmaganida o‘limlar soni karrasiga oshib ketishi mumkin edi. Koronavirusning ikkinchi to‘lqini bilan birga Yevropaga karantinlar ham qaytmoqda. Juda ko‘pchilik bahordagi vaziyat takrorlanishidan hadikda. O‘sha kunlarni yevropaliklar toabad eslab qolishlari tayin. Bundan battari bo‘lishi mumkinmas yoki bu hali holvami?..

Eng og‘ir vaziyat Ispaniyada — kovid aniqlanganlar soni salkam 770 ming nafarga yetdi, qurbonlar soni 31 791 nafar. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi hukumatdan karantinni yana qaytarishni so‘ramoqda.

Buyuk Britaniyada 10-apreldan beri eng ko‘p kasallanishlar 29-30-sentyabr kunlari qayd etildi (7 ming nafardan ortiq), Fransiya (12—16 mingtagacha holat), Chexiya, hatto Finlyandiyada ham vaziyat qaltis.

Britaniyada Kardiff, Suonsi va Lanelli karantinga yopildi. Chexiya poytaxtida shifokorlar har bir jon uchun kurashmoqda, Fransiyaning janubida (Marsel va Nitssa) ahvol og‘ir.

Yevropaliklar bahorgi karantin qaytishini aslo istashmayapti. Xususan, Madridda hukumatning cheklovlariga qarshi asosan aholining kambag‘al qatlamlari norozilik namoyishlari uyushtiryapti. Parijda esa restoran va kafelar egalari norozi: tamaddixonalarning soat 22:00 dan yopilishi, ularning nazarida, borib turgan bema’nilik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring