Koronavirus yuqtirganlar soni 181 nafarga yetdi
Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 8 taga oshib, 181 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Hozircha koronavirusga chalingan bu fuqarolar haqida tafsilotlar berilmagan.
Avvalroq infeksiya aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlardan 12 nafar bemor to‘liq tuzalgan bo‘lsa, 2 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter