Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus yuqtirganlarning yosh ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berildi

Koronavirus yuqtirganlarning yosh ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berildi

Foto:«Xabar.uz»

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 263 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

SSV yosh jihati xususida ma’lumot bergan:

0-9 yoshgacha – 8 nafar;
10-19 yoshgacha – 10 nafar;
20-29 yoshgacha – 51 nafar;
30-39 yoshgacha – 63 nafar;
40-49 yoshgacha – 73 nafar;
50-59 yoshgacha – 40 nafar;
60-69 yoshgacha – 13 nafar;
70-79 yoshgacha — 5 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirga qadar xorijda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni tashkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveysariya (1) kabi davlatlarda bo‘lib qaytgan.

161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg‘ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Shu kungacha 25 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring