Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 500 milliondan oshdi

Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 500 milliondan oshdi

Foto: «Twitter»

500 million foydalanuvchi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boradi — portugal futbol yulduzi bu dovonni zabt etgan dunyodagi ilk insonga aylandi.

Ronalduning obunachilari:

Instagram — 261 mln.

Facebook — 148 mln.

Twitter — 91 mln.

Katta ehtimol bilan bular asosan futbolchining barcha platformalariga birdek a’zo bo‘lgan insonlar.

Nima bo‘lganda ham aql bovar qilmas ko‘rsatkich — Teylor Svift, Selena Gomes va Jastin Biber kabi yoshlarning sevimli pop-yulduzlari ham ijtimoiy tarmoqlarda Ronalduchalik ko‘p o‘quvchilarga ega emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring