Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘priklarning yaroqsiz holga kelayotgani sababi aytildi

Ko‘priklarning yaroqsiz holga kelayotgani sababi aytildi

Foto: everyday.uz

Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi ko‘priklar holati o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida daryo va soylarning o‘zanlaridan – tosh, qum va shag‘alning nazoratsiz va noqonuniy ravishda qazib olinishi sababli ayrim ko‘priklarning oraliq tayanchlari kritik qiymatlardan ortiqcha yuvilib ketganligini aniqlangan.

«Xususan, suv o‘zani sathining pasayishi sababli Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Andijon viloyatlarida barpo qilingan jami 26 ta ko‘prikning tayanchlari kritik holatga kelib qolgan», deyiladi inspeksiya xabarida.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi 342-sonli «O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 26-bandiga ko‘ra, daryolardagi ko‘priklardan – o‘zan bo‘ylab yuqoriga va pastga qarab 2,5 kmgacha bo‘lgan masofada qum va toshlar qazib olish uchun karerlar barpo etish ta’qiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring