Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Liverpul» transfer rekordiga tayyorlanmoqda

«Liverpul» transfer rekordiga tayyorlanmoqda

Foto: «Assosiated Press»

«Liverpul» (Angliya) Portugaliyaning «Benfika» jamoasi forvardi Darvin Nunesga qiziqayotganini ekspertlar tasdiqlashdi.

Ingliz jamoasi Nunesni xarid qilish uchun 100 mln yevrolik moliyaviy rekordga tayyor.

Urugvay terma jamoasi futbolchisining o‘zi ham kelajagini «Liverpul»da ko‘ryapti va buni «Benfika» rahbariyatiga ma’lum qilgan.

«Benfika» transferga rozilik bergan taqdirda, Nunes «Liverpul» tarixidagi eng qimmatga xarid qilingan futbolchiga aylanadi. Mersisaydliklarning shu paytgacha eng qimmat transferi — Virjil van Deyk, u «Sautgempton»dan 75 mln funt yoki 88 mln yevroga sotib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring