Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lukashenkoning samolyoti Ukraina havo kengliklariga qo‘yilmadi

Lukashenkoning samolyoti Ukraina havo kengliklariga qo‘yilmadi

Foto: «TopNews»

Bortida Aleksandr Lukashenkoni olib uchgan samolyot Ukraina havo kengliklarini chetlab uchishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Avia.pro» xabar berdi.

Ekspertlarning fikricha, voqeaga sabablardan biri Lukashenko bot-bot Kiyev sha’niga tanqidlar yog‘dirib turishidir.

Internetda ushbu parvoz sxemasi paydo bo‘ldi: ko‘rish mumkinki, ukrainaliklar ruxsat berishganida, Lukashenkoning samolyoti Ukrainaning qoq o‘rtasidan, Rossiyaga qo‘shilganini Minsk tan olmagan Qrim yarimorolining ustidan ham uchib o‘tishi mumkin edi.

Lukashenko Sochiga uchgandi: bugun Rossiya va Belarus davlat rahbarlari uchrashuvi belgilangandi.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Lukashenko va Putin Ittifoqdosh davlat xavfsizlik masalalarini muhokama qilishadi. Boshqa bir xabarda Lukashenko $3 mlrd. kredit so‘rash uchun kelgani aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring