Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Manfaatlar to‘qnashuviga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Manfaatlar to‘qnashuviga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilanyapti

Bugun, 1-iyun kuni Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi va yakunda senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, manfaatlar to‘qnashuvini ma’lum qilmaslik yoki uning tartibga solinmaganligi uchun intizomiy yoki qonunchilikda belgilangan boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lishi belgilanmoqda.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda qabul qilingan qarorlar  va tuzilgan bitimlar bekor qilinishi sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi, shuningdek ushbu qarorlar haqiqiy emas deb topilgan taqdirda olingan foyda sud tartibida davlat daromadiga o‘tkazilishi nazarda tutilyapti.

Quyidagilar uchun esa ma’muriy javobgarlik belgilanyapti:

  • davlat organi xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganligi uchun – BHMning uch baravardan besh baravarigacha miqdorda jarima (takroran bo‘lsa – BHMning besh baravardan o‘n baravarigacha);
  • mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatni tartibga solmaganligi uchun – BHMning besh baravardan o‘n baravarigacha miqdorda jarima (takroran bo‘lsa – BHMning o‘n baravardan o‘n besh baravarigacha).

Bunda ma’muriy bayonnoma tuzish vakolati ushbu sohadagi maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga yuklatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring