Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank Yangi yil oldi aholini ogohlantirdi

Markaziy bank Yangi yil oldi aholini ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Internet tarmog‘i hamda ijtimoy tarmoqlarda ko‘rinishidan banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy saytiga o‘xshash soxta veb-sahifalar va ularning nomi bilan ochilgan turli soxta kanallarning soni ortib bormoqda.

Bugungi kunda ular orqali yangi yil bayrami munosabati bilan aksiyalar, qimmatbaho sovg‘alar, davlat tomonidan beriladigan nafaqalar, kam foizli kreditlar va katta miqdordagi pul yutuqlari to‘g‘risidagi e’lonlar ko‘paymoqda.

Ularning xaqiqiyligini rasmiy manbalardan tekshirmaslik, firibgarlarning aldoviga ishonib soxta veb-sayt va kanallarda shaxsiy ma’lumotlarni kiritish natijasida ayrim foydalanuvchilar o‘zlarining plastik karta bilan bog‘liq hamda bank yoki to‘lov tashkilotlarining mobil ilovasi akkauntlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, sir tutilishi lozim bo‘lgan bir martalik tasdiqlash kodlarni oshkor etmoqda, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Firibgarlar yuqoridagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritsa, ulardan foydalanib mobil ilovalarni ruxsatsiz boshqarish xuquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Bunday nohush xolatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank ogohlantiradi:

▪️e’lonlardagi har qanday aksiyalar, pul yutuqlari va boshqa takliflarni tashkilotlarning rasmiy veb-sahifasidan qayta tekshiring;
▪️veb-sahifaning rasmiyligiga ishonch xosil qilmasdan ularga o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang;
▪️ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlar orqali turli kanal va guruhlarda tarqatilayotgan, aksiya va yutuqli lotereya o‘yinlari to‘g‘risidagi reklamalar keltirilgan havolalarni tekshirmasdan turib ochmang;
▪️o‘zingiz rasmiy ekanligiga ishonch xosil qilmagan veb-sahifalar havolalarini boshqalarga tarqatmang.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring