Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy saylov komissiyasiga yangi a’zolar saylandi

Markaziy saylov komissiyasiga yangi a’zolar saylandi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 23-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar ishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalaning muhokamasi bilan boshladilar.

Mamlakatmiz hozirda muhim siyosiy jarayon — saylovlar arafasida turibdi. Shu bois, saylovlarga har tomonlama puxta tayyogarlik ko‘rilmoqda.

Majlisda xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar birma-bir ko‘rib chiqildi hamda Markaziy saylov komissiyasining bir qator yangi a’zolari saylandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qabul qilgan qarorlari ma’qullash uchun Senatga yuborildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring