Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi mundialda maxsus butsada o‘ynaydi

Messi mundialda maxsus butsada o‘ynaydi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi ertaga Qatarda boshlanadigan jahon chempionatida maxsus butsada o‘ynaydi.

Yetti karra «Oltin to‘p» sohibi jahon chempionati oldidan oltinrangli butsani namoyish qildi.

Ushbu butsa oltin rangda qilinganidan tashqari, unda 10 raqam ham singdirib yuborilgan. Bu rang Qatarda qadrlanishi ham aytilmoqda.

Butsaning bu modeliga The Adidas X Messi 2022 World Cup Speedportal, deb nom berildi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan bahs olib boradi. Dastlabki o‘yinini seshanba kuni arablarga qarshi o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring