Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda oziq-ovqat tarqatgan deputatlikka nomzod javobgarlikka tortildi

Namanganda oziq-ovqat tarqatgan deputatlikka nomzod javobgarlikka tortildi

Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu tartib qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilishiga qaramasdan, Xalq deputatlari viloyat kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Namangan shahridagi 32-Isfarxon saylov okrugidan nomzodi ko‘rsatilgan Z.Xodjayev 2019-yil 3-4-dekabr kunlari Namangan shahridagi nomzodi qo‘yilgan «Haqiqat» hamda «Marg‘ilon» MFYda yashovchi saylovchilar bilan uchrashib, saylov kuni unga ovoz berishlari uchun ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tekin tarqatib, saylovoldi tashviqotini olib borgan.

Ushbu holat yuzasidan, Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Z.Xodjayevga nisbatan MJtKning 51-5-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Namangan shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.

Namangan shahar ma’muriy sudining 20.12.2019-yildagi qaroriga asosan Z.Xodjayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-5-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring