Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton yana Ostona bo‘ladimi?

Nursulton yana Ostona bo‘ladimi?

Foto: RBK

«Yangi Qozog‘iston» partiyasi deputatlari poytaxt Nursultonga oldingi nomi — Astana (Ostona)ni qaytarishni so‘rashdi.

«Odam tirikligida uning ismi bilan shahar nomlanishini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz, qolaversa, xalq poytaxtning yangi nomini qabul qilmadi. Shuning uchun o‘z vaqtida Birinchi prezident (Nursulton Nazarboyev — tahr.) taklif qilgan avvalgi nom — Ostonani poytxatga qaytarsak tarixiy adolatdan bo‘lardi. Ushbu qaror bilan ham Birinchi prezidentning mamlakat bosh shahri shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, ham fuqarolarimizning talab-istaklari inobatga olingan bo‘lardi», — deyiladi deputatlar taklifida.

Ostona nomi 2019-yilda Birinchi prezident Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanidan so‘ng, hozirgi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifi bilan Nursultonga o‘zgartirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring