Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy ta’limda yangi imkoniyatlar taqdim etilmoqda

Oliy ta’limda yangi imkoniyatlar taqdim etilmoqda

30 aprel kuni yurtimizda muhim jarayon - Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning xalq tomonidan tasdiqlanishi uchun referendum o‘tkazilmoqda. Ushbu muhim jarayon dan asosiy maqsad, qonunlarni bugungi zamonga moslashtirish, xalq tomonidan taklif qilingan yangilanishlarni qabul qilish, xalq hohishini tasdiqlashdir. Referendum uchun bir qancha muddat xalq tomonidan ochiq holda takliflar qabul qilindi, o‘rganildi, ovozlar yig‘ildi. Aytish mumkinki, xalq tomonidan takliflar yig‘ilishi ilk marta bo‘layotgan hodisadir. Avvalo, konstitutsiyani o‘zgartirishga ehtiyoj bormidi, - degan savolni o‘rtaga tashlasak, men tibbiyot xodimi sifatida aytishim mumkinki, albatta bunga ehtiyoj bor edi.

Amaldagi konstitutsiyadan kamchilik qidirmagan holda, yanada mukammallashtirishga, davlatimizni, fuqarolik jamiyatimizni oldinga boshlaydigan, oddiy xalq uchun ishlaydigan asosiy qonun manbaiga juda ham ehtiyojimiz bor. Ya’ni ushbu referendumning oldingisidan farqi shuki, bugun xalq bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Yangilanayotgan konstitutsiyaning 65 foizi va yangi 27 ta moddasi, ya’ni 128 tadan 155 taga oshayotgan moddalar, uning normalari esa 275 tadan 434 taga oshgani xalq tomonidan taklif qilingan, muhokamaga qo‘yilgan takliflardir. Qaynoq jarayonda 128 moddadan 91 tasida xalq tomonidan taklif qilingan takliflar asosida o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu jarayon esa bir yildan ortiq vaqt mobaynida xalqimiz, hukumatimiz, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tomonidan ochiq muhokamada bo‘ldi, 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi.

Ushbu muhim jarayonda yurtimizdagi barcha soha vakillari kabi tibbiyot sohasi xodimlari uchun ham bir qator yangiliklar ko‘zda tutilgan. Xususan «Prezidentning «tibbiyot tizimimizning konstitusiyaviy asoslarini yanada mustahkamlash, xususan Konstitusiyamizda tibbiyot xodimlarining yuksak maqomini ta’minlaydigan qoidani ham, muhrlab qo‘yishimiz lozim», degan takliflari ayni muddao bo‘ldi.

Boisi, Konstitutsiyamizni qaytadan o‘qib ko‘rsak, unda ko‘plab davlat organlari – Oliy Majlis, sud, prokuratura, Markaziy saylov komissiyasi kabilarning konstitutsiyaviy maqomi belgilangan. Lekin, negadir, inson, uning hayoti va salomatligi uchun muhim bo‘lgan tibbiyot xodimlari yoki o‘qituvchilarning maqomi mustahkamlanmagan ekan. «Inson qadri uchun» degan bosh g‘oya atrofida amalga oshirilayotgan islohotlar ruhida tibbiyot xodimlarining maqomini O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilishi muhim amaliy ahamiyatga egadir.

Bu tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va obro‘yini yanada oshishiga, ularning ijtimoiy muhofazasi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, kelgusida tibbiyot xodimining maqomiga oid alohida qonunlar qabul qilinishiga ham asos bo‘ladi

Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasida har bir fuqaroning kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini ta’minlash uchun sog‘liqni saqlash tizimining barcha jabhasi davlat tomonidan rag‘batlantirilishiga oid norma mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, yangi Konstitutsiya loyihasiga muvofiq, davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash hamda aholi sog‘lig‘ini saqlash va hayot sifatini oshirish maqsadida sog‘lom turmush tarzini yuritish, jismoniy faollikni oshirish, sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalarni o‘z zimmasiga olayotganligi belgilangan.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, bandligi, ijtimoiy va tibbiy himoyasiga sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekanligi belgilanmoqda.

Yangilanayotgan konstitutsiyada O‘zbekiston - ijtimoiy davlat sifatida

Yurtimizda, tibbiyot hodimlari, ta’lim sohasi mutahassislari va talabalar, turli ko‘rinishdagi majburiy mexnatga jalb etilishini to‘xtatilishi katta yutuq bo‘ldi.

Ustoz – murabbiylar va shifokorlarning dahlsizligini esa jamiyatning ham ruhiy, ham jismoniy salomatligi dahlsizligi deb bilaman.

Bugungi kunda ta’lim ishtiyoqida bo‘lgan qizlarimizga bir qancha qulayliklar yaratilgan, hususan:

- magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab berilmoqda;

- nufuzli xorijiy oliygohlarga har yili qizlarning 50 nafari bakalavrga va 10 nafari magistraturaga o‘qishga yuborilmoqda;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oilalar 150 nafar qizlarning ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab berilmoqdi;

- doktorantura yo‘nalishida qizlar uchun 300 tadan maqsadli kvota ajratilmoqda.

Bu, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi o‘rni va obro‘yini yanada oshirishga, ularning ijtimoiy muhofazasi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

30 aprel kuni, davlatimizning muhim jarayoni Konstitutsiyamizning yangilanayotgan loyihasiga ovoz bermoqdaman. 

Men oila a’zolarim bilan, yurtim kelajagi ravnaqiga hissa qo‘shmoqchiman.

Yangilanishlarni qo‘llab – quvvatlaylik!

Bu jarayonda faol ishtirok etishingizni so‘rayman!


Jasur Rizayev,
SamDTU rektori, professor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring