Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘n oylik chaqaloq mustaqil ravishda 10 ming dollarlik xaridni amalga oshirdi

O‘n oylik chaqaloq mustaqil ravishda 10 ming dollarlik xaridni amalga oshirdi

TikTokda «@stayfitstaylit» nomli foydalanuvchining  o‘n oylik o‘g‘li iPadni o‘ynab turib, Tesla elektromobili uchun 10 ming dollarlik dasturiy ta’minotni sotib olgan. To‘lov mobil ilova orqali amalga oshirilgan. 

Ushbu dasturiy ta’minot yordamida elektromobil avtopilotda harakatlana oladi, avtomatik ravishda qatnov qismlarini o‘zgartiradi va to‘xtab turadi, to‘liq avtonom kompyuterga o‘tib, svetoforlarni taniy oladi.

Ayolning o‘zi, chaqalog‘i 10 837 dollar miqdoridagi avtomobil dasturiy ta’minotni sotib olish uchun mustaqil ravishda to‘lov qilganligini ta’kidlagan.

Ayol tasdiqni - kvitansiyani, avtomashina aqlli ravishda o‘zi harakatlanishi va yo‘lovchiga eshiklarni ochishini videoga olib ko‘rsatgan.

Amerikalik ayolning ta’kidlashicha, u va bolaning otasi o‘z farzandining bu ishidan g‘azablanmagan, chunki ular oldinroq ushbu xaridlarni amalga oshirish kerakligini muhokama qilishgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq ularni qaror qabul qilishga undagan va ular uchun hamma narsani o‘zi bajargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring