Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan 7 oyda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani aytildi

O‘tgan 7 oyda O‘zbekistonga qancha sayyoh kelgani aytildi

O‘zbekistonga 7 oyda nechta sayyoh tashrif buyurgani hamda eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani haqida ma’lumot berildi.

Davstatqo‘m bergan ma’lumotga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 2,4 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.  

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. nafarga yoki 2,2 baravarga oshgan. 

O‘zbekistonga 7 oyda oyda eng ko‘p — Qozog‘iston (716,7 ming), Qirg‘iz R. (675,1 ming), Tojikiston (637 ming), Rossiya (247,2 ming) hamda Turkiya (38,6 ming) davlatlaridan tashrif buyurgan.

Shuningdek: 

— Koreya – 8,4 ming nafar

— Germaniya – 8 ming nafar  

— AQSh – 6,3 ming nafar

— Hindiston – 5,2 ming nafar

— Fransiya – 5,2 ming nafar 

— Ozarbayjon – 5,1 ming nafar

— Isroil – 5 ming nafar

— Buyuk Britaniya – 4,7 ming nafar 

— Italiya – 3 ming nafar

— Ispaniya – 2,5 ming nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring