Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zLiDePning bugungi qurultoyida partiyadan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoyev, jumladan, O‘zbekiston bayrog‘idan erkin foydalanish zarurati to‘g‘risida ham to‘xtaldi.

Amaldagi prezident, davlat bayrog‘idan faqat bayram va marosimlarda yoki sport musobaqalarida ko‘tarishda foydalanilayotgani, endilikda esa uning har bir xonadonda xilpirab turishiga ruxsat beruvchi hujjatni qabul qilish vaqti yetganini ta’kidlagan.

«Parlamentdagi deputat va senatorlardan bu boradagi hujjat loyihasini qabul qilishda bugungi hayotiy zaruratni ham e’tiborga olishlarini so‘rar edim», – deydi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, partiyaning 2022-yil 18-noyabrdagi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir qonun loyihasini muhokama qilingan va unda Davlat bayrog‘idan foydalanishdagi cheklovlarni olib tashlash, fuqarolarning erkin foydalanishi, egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilayotgani aytilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring