Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatdan tashvishda ekanini bildirdi

O‘zbekiston Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatdan tashvishda ekanini bildirdi

Ma’lumki, joriy haftada Ozarbayjon-Armaniston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur voqealar yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, o‘zbek tomoni insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan vaziyatdan jiddiy tashvishda.

«Mazkur hududdagi holatning yanada keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin.

O‘zbekiston tomonlarning o‘ta sabr-toqatli bo‘lishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi» -deyiladi bayonotda.

Aytish joizki, ikki mamlakat kelishmovchiligiga hozirgi paytda Yerevan tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi arman kuchlari tomonidan boshqarilayotgan Tog‘li Qorabog‘ muammosi sabab bo‘lmoqda.

Ozarbayjon tomoni xabariga ko‘ra, yakshanba kuni janglar boshlanganidan beri 11 askar va bir tinch fuqaro halok bo‘lgan. Armaniston tomoni Ozarbayjonning to‘rt askari o‘limiga sababchi bo‘lgan edi.

Xalqaro hamjamiyat, jumladan BMT tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatish  va tinch muzokaralarga chaqirgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring