Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi muvofiqlik sertifikati nazorat auditidan o‘tkazildi

«O‘zbekneftgaz»: Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi muvofiqlik sertifikati nazorat auditidan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning tegishli topshiriqlari doirasida aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, zavod-boshqarmalar va neft bazalarida Moliyaviy va komplayens nazorat departamayenti tomonidan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Ushbu dastur doirasida aksiyadorlik jamiyat faoliyatida korrupsiya xavfini o‘rganish, oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan korrupsiya qarshi kurashish siyosatini keng tadbiq etish tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Amalga oshirilgan samarali ishlar natijasida 2021 yilning sentyabr oyida «O‘zbekneftgaz» AJning korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi –  «ISO 37001:2016» xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgan edi. Joriy yilda ushbu sertifikat nazorat auditidan o‘tkazildi.

Audit jarayonlari Janubiy Koreyaning «G CERTI Co., Ltd.» halqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti va «Central Asia Certification» MChJ tomonidan amalga oshirilib, xorijiy ekspertlar va Jamiyat mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshirildi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan Jamiyatning deyarli barcha jabhalari, biznes jarayonlar, departament va bo‘linmalar mas’ul xodimlarning korrupsiyaga qarshi  kurashish jarayoniga qay darajada jalb etilganligi hamda Jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan ichki me’yoriy hujjatlar bazasi o‘rganildi.

Nazorat auditi jarayonida mutaxassislar tomonidan Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida oldiga qo‘ygan maqsadlari, «Yo‘l xaritasi»da belgilangan muhim yo‘nalishlar amaliyotga haqiqatda tadbiq etilganligi yana bir bor tasdiqlandi va tegishli «ISO 37001:2016» Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi.

Jamiyatning «Korrupsiyaga qarshi kurashish» siyosatini amaliyotga keng tadbiq etish, korrupsiya xavflarini bartaraf etish, korrupsiyaga nisbatan

«0 bardoshlik» tamoyilini tashviqoti jarayonida nafaqat mas’ul rahbar va bo‘linmalar o‘rni, balki har bir xodimining ishtiroki muhim hisoblanadi va kelajakda Jamiyat faoliyati davomida «yaxlit mexanizm» kabi ish olib borish chora-tadbirlari takomillashtirib boriladi.

Ma’lumot uchun: «ISO 37001:2016» xalqaro standart bo‘lib, tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish bo‘yicha xalqaro modelni o‘z ichiga oladi. Bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi to‘liq boshqaruv tizimini tavsiflovchi haqiqiy xalqaro standartdir.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring