Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» olti viloyat aholisini ogohlantirdi

«O‘zgidromet» olti viloyat aholisini ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 5-10 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi sezilarli o‘zgarishlar sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qilmoqda.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘slonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

«DIQQAT! QOR KO‘ChIShI XAVFI MAVJUD» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring