Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Foto: Sergey Lantyuxov/NEWS.ru

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning matbuot kotibi Berik Uali koronavirus kasaliga chalindi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali xabar bergan.

Ayni vaqtda Berik Uali kasalxonaga yotqizilgan.

«Ahvolim qoniqarli. Darhol aytishim lozim, prezident Qosim-Jomart To‘qayev kunlik ish rejasi asosida faoliyatini davom ettirmoqda, uning sog‘ligiga hech qanday xavf yo‘q», — deya yozgan matbuot kotibi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring