Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident O‘zbekistonda ro‘molni hech kim taqiqlamasligini aytdi

Prezident O‘zbekistonda ro‘molni hech kim taqiqlamasligini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bokschilar bilan uchrashuvida O‘zbekistonda ro‘mol o‘rashga hech kim to‘sqinlik qilmasligini aytgan.

Jahon chempioni Miraziz Mirzaxalilovning onasi (ro‘mol o‘rab so‘zga chiqqan) sportchilar uchun yaratib berilgan sharoitlarni aytib, davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

— Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p-ko‘p masalalar ko‘tarilyapti. Qanday yarashadi o‘zbekona ro‘mollar, o‘zbekona kiyinishlarimiz?! Mana shu turishingiz haqiqiy o‘zbek onasi timsolidir, onalarimiz, singillarimiz mana shunday yurishiga hech kim hech qachon qarshi bo‘lmaydi O‘zbekistonda.

Mana, hammamizning buvilarimiz o‘tgan, hayot onalarimiz bor. Ularning kiyinishiga qarab, hammamiz havas qilamiz. Men ham shunday o‘g‘il tarbiyalaganingiz uchun siz bilan ko‘rishganimdan men ham xursandman. Siz baxtiyor onasiz, men siz orqali baxtiyor prezidentman, — degan davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring