Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura Qibrayda qonunbuzar 2 tadbirkorni qo‘lga oldi

Prokuratura Qibrayda qonunbuzar 2 tadbirkorni qo‘lga oldi

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimlari Qibray tumanida yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq ikkita yangi holatni aniqlagan.

Jumladan, «S. I.» MChJ va «D. m.» XK norasmiy rahbari B.I. va rahbari F.K. tomonidan «S. I.» MChJ balansidagi Qibray tumani Salar massivi Bobur MFY hududida 66,02 ball bonitetli 1 gektar yer uchastkasidagi issiqxonani qayta rekonstruksiya qilishga «ruxsatnoma» olib, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasida qurilish ishlarini boshlagan va sug‘oriladigan ekin yer maydonini muomaladan chiqarib, 1 mlrd. 29 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, F.K. bir vaqtning o‘zida «S. I.» MChJ va «D. m.» XK rahbari bo‘laturib, ushbu jamiyatlarning norasmiy rahbari B.I. bilan birgalikda «Agrokimyohimoyaservis» MChJ balansidagi, 2021 yilda auksion savdolari orqali «D. m.» XKga sotib yuborilgan Qibray tumani Bobur MFY hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 2393 konturida 66,02 ball bonitetli 4,13 gektar sug‘oriladigan yer uchastkasining 0,75 gektar qismida qurilish ishlarini boshlab, 774 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan «S. I.» MChJ va «D. m.» XK rahbari F.K., norasmiy rahbari B.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring