Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qahraton qishda Yakkabog‘da suv toshishi kuzatildi

Qahraton qishda Yakkabog‘da suv toshishi kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tumani, Samoq MFY hududidagi ichki kanallarining birida suv toshishi bilan bog‘liq videolavha tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 17-yanvar kuni soat taxminan 15.30 larda ro‘y bergan.

Mutaxassislar tomonidan holat o‘rganilganda, mazkur hudud aholisi o‘zboshimchalik bilan Qizildaryo daryosidan foydalanishi yani, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suvning to‘lib oqishi kuzatilgan.

Qolaversa, muz bo‘laklari to‘planib, suv yo‘nalishini o‘zgarishiga olib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Natijasida hech kim tan jarohati olmagan, fuqarolarning hech bir bino-inshootlari va mol-mulkiga ziyon etmagan, deyiladi Qashqadaryo viloyati FVB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring